Valeriana, 20 mg, tab. №100
- Taʼsir qiluvchi modda
- Валериана
- Ishlab chiqaruvchi
- Sulton Medpharma, OOO
Mavjud emas
Tanlangan shaharda bu dori hozir yoʻq
Valeriana qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 3-4 marta 1-2 tabletkadan buyuriladi. Tabletkalarni ichkariga, oz miqdordagi suv bilan ichish kerak. Davolash davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo‘ya ta’sirlari
Bo‘lishi mumkin: uyquchanlik, lohaslik, ish qobiliyatining pasayishi. Ayrim hollarda allergik reaksiyalar, mushak zaifligi, qorinda noqulaylik kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik (I trimestr).
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash davrida avtotransportni boshqarishda va yuqori diqqatni jamlash hamda tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.