Valeriana Forte, 200 mg, tab. №50
- Taʼsir qiluvchi modda
- Валериана
- Ishlab chiqaruvchi
- Биотерра, ООО
Mavjud emas
Tanlangan shaharda bu dori hozir yoʻq
Valeriana Forte qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 tabletkadan kuniga 3-4 marta buyuriladi. Tabletkalarni ichkariga, oz miqdordagi suv bilan ichish kerak. Davolash davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo'ya ta'sirlari
Uyquchanlik, lohaslik, ish qobiliyatining pasayishi mumkin. Ayrim hollarda allergik reaksiyalar, mushaklar kuchsizligi, qorinda noqulaylik kuzatilishi mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar, homiladorlik (I trimestr).
Maxsus ko'rsatmalar
Davolash davrida avtotransportni boshqarishda va yuqori diqqatni hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.