Valeriana s ekstraktom myaty, 200 mg, tab. №10
- Taʼsir qiluvchi modda
- Валериана
- Ishlab chiqaruvchi
- Farm Format, OOO
50 ta dorixonada mavjud
1 201 soʻmdan
Eng past narx
1 201 soʻmdan
Valeriana s ekstraktom myaty qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 3-4 marta 1-2 tabletkadan buyuriladi. Tabletkalarni ichga, oz miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak. Davolash davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo'ya ta'sirlari
Bo'lishi mumkin: uyquchanlik, lohaslik, ish qobiliyatining pasayishi. Ayrim hollarda allergik reaksiyalar, mushaklar zaifligi, qorinda noqulaylik kuzatilishi mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar, homiladorlik (I trimestr).
Maxsus ko'rsatmalar
Davolash davrida avtotransportni boshqarishda va yuqori diqqatni hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.