Valeriany ekstrakt, 20 mg, tab. №10
- Ishlab chiqaruvchi
- Фармстандарт-Томскхимфарм, ОАО
49 ta dorixonada mavjud
1 000 soʻmdan
Eng past narx
1 000 soʻmdan
Valeriany ekstrakt qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 tabletkadan kuniga 3-4 marta buyuriladi. Tabletkalarni ichkariga qabul qilish, ozgina suv bilan ichish kerak. Davolash davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo'ya ta'sirlari
Bo'lishi mumkin: uyquchanlik, lohaslik, ish qobiliyatining pasayishi. Ayrim hollarda allergik reaksiyalar, mushaklar zaifligi, qorinda noqulaylik kuzatilishi mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar, homiladorlik (I trimestr).
Maxsus ko'rsatmalar
Davolash davrida avtotransportni boshqarishda va yuqori diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.