Valeriany ekstrakt, 20 mg, tab. №50
- Taʼsir qiluvchi modda
- Экстракт валерианы
- Ishlab chiqaruvchi
- Nika Pharm, ООО
11 ta dorixonada mavjud
7 000 soʻmdan
Eng past narx
7 000 soʻmdan
Valeriany ekstrakt qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 3-4 marta 1-2 tabletkadan buyuriladi. Tabletkalarni ichkariga, oz miqdordagi suv bilan ichish kerak. Davolash davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo'ya ta'sirlari
Mumkin: uyquchanlik, lohaslik, ish qobiliyatining pasayishi. Ayrim hollarda allergik reaksiyalar, mushaklar zaifligi, qorinda noqulaylik kuzatilishi mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar, homiladorlik (I trimestr).
Maxsus ko'rsatmalar
Davolash davrida avtotransportni boshqarishda va yuqori diqqat hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.