Valeriany ekstrasila, 200 mg, drazh. №50
- Ishlab chiqaruvchi
- Парафарм, ООО
9 ta dorixonada mavjud
6 000 soʻmdan
Eng past narx
6 000 soʻmdan
Valeriany ekstrasila qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 3-4 marta 1-2 tabletkadan buyuriladi. Tabletkalarni ichkariga, oz miqdorda suv bilan ichish kerak. Davolash davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo'ya ta'sirlari
Mumkin: uyquchanlik, lohaslik, ish qobiliyatining pasayishi. Ayrim hollarda allergik reaktsiyalar, mushaklar zaifligi, qorinda noqulaylik kuzatilishi mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar, homiladorlik (I trimestr).
Maxsus ko'rsatmalar
Davolash davrida avtotransportni boshqarishda va yuqori diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiladigan boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.