Valeriany nastoyka, 50 ml, flak.
- Ishlab chiqaruvchi
- Remedy Group, СП ООО
1 ta dorixonada mavjud
8 500 soʻmdan
Eng past narx
8 500 soʻmdan
Valeriany nastoyka qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Ichkariga, oz miqdordagi suvda suyultirib qabul qilinadi. Kattalarga 20-30 tomchidan kuniga 3-4 marta. 12 yoshdan oshgan bolalarga - hayot yiliga 1 tomchidan kuniga 3-4 marta. Qabul qilish davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo'ya ta'sirlari
Uyquchanlik, ish qobiliyatining pasayishi mumkin. Ayrim hollarda allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi) kuzatilishi mumkin. Yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda - dispeptik buzilishlar.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar, homiladorlik, laktatsiya davri. Jigar kasalliklari, alkogolizm, bosh miya jarohati, bosh miya kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Maxsus ko'rsatmalar
Davolanish davrida avtotransportni boshqarish va yuqori diqqat hamda tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Tarkibida etil spirti mavjud. Preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing va batafsil yo'riqnomani o'qing.