Venoderma, 150 ml, sirop
- Ishlab chiqaruvchi
- Viva Herba, ООО
67 ta dorixonada mavjud
25 000 soʻmdan
Eng past narx
25 000 soʻmdan
Venoderma qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llashdan oldin yaxshilab chayqatish kerak.
Vannalar: Chaqaloqlar 0-3 yosh: 1 osh qoshiq sirop + 0.7 l iliq qaynatilgan suvda suyultiring.
Bolalar 4-14 yosh: 2 osh qoshiq sirop + 0.7 l iliq qaynatilgan suvda suyultiring.
Kattalar: 1:6 nisbatda iliq qaynatilgan suvda suyultiring.
Kompresslar: 1:10 nisbatda sirop bilan suyultirilgan eritmada namlangan tamponni bog'lam ostiga qo'ying.
Chayish: Og'iz bo'shlig'i - 1 osh qoshiq siropni 100 ml iliq, qaynatilgan suvda suyultiring.
Ginikologiyada: 1 osh qoshiq siropni 200 ml iliq qaynatilgan suvda suyultiring. Preparat faqat sirtqi va mahalliy qo'llash uchun mo'ljallangan.
Davolash kursi davomiyligi va preparat dozalarini davolovchi shifokor har bir bemor uchun individual ravishda belgilaydi.
Preparatning alohida tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik bo'lganda kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin.
Yuqori sezuvchanlik reaksiyasi rivojlanganda preparatni qo'llashni to'xtatish kerak.
Uch bo'lakli itig'on ekstrakti - 500 mg.
Dorivor moychechak ekstrakti - 400 mg.
Oddiy tog'rayhon ekstrakti - 500 mg.
Dorivor kalendula ekstrakti - 500 mg.
Preparatni bolalar qo'li yetmaydigan, yorug'likdan himoyalangan joyda +2 °C dan +25 °C gacha haroratda saqlash kerak.
Flakon ochilgandan so'ng salqin joyda saqlang. Qizdirmang va muzlatmang.