Vetrogonin, 100 ml, sirop
- Ishlab chiqaruvchi
- Anfa Pharmaceuticals, ООО
4 ta dorixonada mavjud
59 000 soʻmdan
Eng past narx
59 000 soʻmdan
Vetrogonin qoʻllash yoʻriqnomasi
Davolash kursi davomiyligi va preparat dozasi har bir bemor uchun shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi.
Meteorizm va kolikada:
Chaqaloqlar va emizikli bolalarga ovqatlanish vaqtida yoki har bir ovqatlanishdan oldin/keyin 0.5-1.0 ml dan.
1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga sutkasiga 3-4 marta 1.0-2.5 ml dan.
7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga sutkasiga 3-4 marta 2.5-5.0 ml dan.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga sutkasiga 3-4 marta 5.0-7.5 ml dan.
Yuvish vositalari bilan zaharlanganda kattalarga zaharlanish og'irligiga qarab 5.0-10.0 ml, bolalarga - 1.0-5.0 ml sirop buyuriladi. Preparat ovqatdan oldin yoki keyin qabul qilinadi.
Faol moddalar:
Dorivor romashka ekstrakti (Matricāria chamomīlla L.).
Emak timyan ekstrakti (Thýmus vulgáris L.).
Yalpiz ekstrakti (Mentha piperita L.).
Dalachoy ekstrakti (Hypericum perforatum L.).
Baland andiz ekstrakti (Inula helenium L.).
Oddiy mingbargli o't ekstrakti (Achillea millefolium L.).
Oddiy fennel ekstrakti (Foeniculum vulgare Mill.).
Yordamchi moddalar: tozalangan suv 100 ml gacha, shakar, etil spirti (95%).
Preparatni bolalar qo'li yetmaydigan, yorug'likdan himoyalangan joyda +2 °S dan +25 °S gacha haroratda saqlash kerak.