Vitakompleks-16 Tsvetki Romashki, paketchalar. №20
- Ishlab chiqaruvchi
- Luqmoni Hakim Stimul, СП
51 ta dorixonada mavjud
15 000 soʻmdan
Eng past narx
15 000 soʻmdan
Vitakompleks-16 Tsvetki Romashki qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
2 ta filtr-paket (4 g) shisha yoki emallangan idishga solinadi, 200 ml (1 stakan) qaynoq suv quyiladi, yopiladi va 15 daqiqa damlanadi, vaqti-vaqti bilan qoshiq bilan paketchalarni bosib turiladi. Keyin filtr-paketchalar siqib olinadi. Olingan damlama hajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi. Ichga iliq holda ovqatdan keyin kuniga 2-3 marta 1/3 stakandan qabul qilinadi. Chayish uchun kuniga 3-5 marta 1/2 – 1 stakan iliq damlama ishlatiladi. Shimdirish va kompresslar uchun iliq damlama ishlatiladi. Mikroklyzmalar uchun – 50 ml iliq damlama to'g'ri ichakka yuboriladi.
Nojo'ya ta'sirlari
Allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin. Ayrim hollarda ichga qabul qilinganda dispeptik hodisalar bo'lishi mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Moychechak yoki murakkabguldoshlar oilasiga mansub boshqa o'simliklarga yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bo'lgan bolalar (ichga qabul qilish uchun).
Maxsus ko'rsatmalar
Uzoq muddat ichga qabul qilinganda qon ivishi pasayishi mumkin. Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Agar moychechak gullari damlamasini qo'llash vaqtida simptomlar saqlanib qolsa yoki yomonlashsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing va batafsil yo'riqnomani o'qing.