Foydalanish shartlari

ArzonApteka.uz saytidagi ma'lumotlar yordamchi ma'lumotlar toifasidan bo'lib, dorixona va dorixona punktlarida sotuvga ruxsat berilgan dori vositalari va tibbiyot tovarlarini izlash uchun mo'ljallangan.

ArzonApteka.uz saytidagi dori vositalarini qo'llash yo'riqnomalari tibbiyot xodimlari uchun mo'ljallangan bo'lib, faqat ma'lumotlar sifatida ko'rsatiladi. Ushbu ma'lumotlar mustaqil ravishda qo'llanilishi va davolanishda diagnoz qo'yilishi uchun asos bo'lmaydi. ArzonApteka.uz saytidagi ma'lumotlar foydalanuvchilar tomonidan dori vositalarini iste'mol qilishda va tibbiyot tovarlarini qo'llashda qaror qabul qilish uchun asos bo'lmaydi.

Ushbu ma'lumotlarda hech narsa mutaxassis bo'lmagan shaxslarni dori vositalarini mustaqil ravishda xarid qilishga va iste'mol qilishga undovchi omil bo'lmaydi.

Foydalanuvchi saytdagi ma'lumotlardan foydalanish asosida zararlansa, noto'g'ri diagnoz qo'yilishiga va doridan zaxarlanishni davolashga sabab bo'lganda, hamda dori vositalari va tibbiyot tovarlaridan noto'g'ri foydalanganda ArzonApteka.uz saytiga xech qanday e'tiroz bildirilmaydi.

Dorixonalar - "ArzonApteka" hamkorlari mustaqil tashkilotlardir. Har kuni 1 marta ular tomonidan mavjud dorilar va narxlar to'g'risida ma'lumotlar taqdim qilinadi. Haqiqatda mavjud bo'lgan dorilar to'g'risida berilgan ma'lumotlar kuni kecha berilgan ma'lumotlardan farqli bo'lishi mumkin. Batafsil ma'lumotlarni dorixonaga qo'ng'iroq qilib bilib olishingiz mumkin.

Ushbu ma'lumotlar faqat O'zbekiston Respublikasida foydalanish uchundir, agar boshqa davlat nomi aniq ko'rsatilmagan bo'lsa. Dori vositalari nomi va ularning dozasi boshqa mamlakatlarga nisbatan farq qiladi. O'zbekistonda ruxsat berilgan barcha dori vositalari boshqa mamlakatlarda ham iste'mol qilinishi mumkin emas.