1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Maxfiylik Siyosati (keyingi o'rinlarda -- "Siyosat") FOM GROUP MChJ XK (keyingi o'rinlarda -- "FOM") tomonidan FOM Resurslaridan (rasmiy veb-sayt, mobil ilova, Telegram-bot, referal dasturlar va boshqa komponentlar) foydalanish jarayonida foydalanuvchilar tomonidan taqdim etiladigan shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish, foydalanish, saqlash va himoya qilishni O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuniga, shuningdek ma'lumotlarni himoya qilishning xalqaro standartlariga muvofiq tartibga soladi.
1.2. Siyosat FOM Resurslarida e'lon qilingan paytdan kuchga kiradi va o'zgartirishlar yoki bekor qilish to'g'risidagi rasmiy xabarnoma e'lon qilingunga qadar amal qiladi.
1.3. Foydalanuvchi FOM Foydalanuvchi shartnomasi shartlarini yoki FOM ning boshqa dasturlari/mahsulotlaridan foydalanish shartlarini qabul qilar ekan, ushbu Siyosat shartlariga avtomatik ravishda rozilik bildiradi va FOMga ushbu Siyosat shartlari asosida o'zining shaxsiy ma'lumotlaridan foydalanish huquqini beradi.
2. Shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish va ulardan foydalanish
2.1. FOM ro'yxatdan o'tish jarayonida Foydalanuvchilar tomonidan taqdim etiladigan shaxsiy ma'lumotlarni, shuningdek FOM Resurslaridan foydalanish jarayonida olinishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni yig'adi, jumladan, lekin quyidagilar bilan cheklanmagan holda:
-
Familiya, ism, otasining ismi;
-
Jinsi, yoshi, yashash mamlakati, muloqotning afzal ko'rilgan tili;
-
Aloqa ma'lumotlari: telefon raqami, elektron pochta manzili;
-
Hisob ma'lumotlari: login, parol, parolni tiklash uchun ma'lumot;
-
Geolokatsiya ma'lumotlari, FOM Resurslariga kirish uchun foydalaniladigan qurilmaga oid ma'lumotlar.
2.2. FOM shaxsiy ma'lumotlardan quyidagi maqsadlarda foydalanadi:
-
FOM Resurslariga kirish huquqini ta'minlash uchun foydalanuvchini identifikatsiya qilish;
-
Bildirishnomalar, so'rovlar va FOM Resurslarining funksiyalari haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan shaxsiy xizmatlarni taqdim etish;
-
FOM Resurslari sifati va funksionalligini yaxshilash;
-
Statistika to'plash va foydalanuvchilar afzalliklarini tahlil qilish.
2.3. Zarur hollarda FOM shaxsiy ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga (masalan, davlat organlariga yoki hamkorlarga) qonun talabi yoki Shartnoma shartlarini bajarish maqsadida uzatishi mumkin.
3. Cookies va boshqa texnologiyalardan foydalanish
3.1. FOM Resurslari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish va ulardan foydalanish qulayligini ta'minlash maqsadida veb-saytda va mobil ilovalarda cookies fayllari hamda boshqa ma'lumot to'plash texnologiyalaridan foydalanilishi mumkin. Ushbu texnologiyalar foydalanuvchilar afzalliklari haqidagi ma'lumotlarni saqlash va internetdagi faollikni kuzatish imkonini beradi.
3.2. Foydalanuvchi brauzerini cookies fayllarini bloklash uchun sozlashi mumkin, biroq bunday holda FOM Resurslarining ayrim funksiyalari foydalanuvchi uchun mavjud bo'lmasligi mumkin.
4. Shaxsiy ma'lumotlarni saqlash va himoya qilish
4.1. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari FOM ma'lumotlar bazasida ushbu ma'lumotlar yig'ilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan butun muddat davomida yoki foydalanuvchi ma'lumotlarni qayta ishlashga roziligini qaytarib olmagunga qadar saqlanadi.
4.2. FOM zamonaviy xavfsizlik texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsiy ma'lumotlarni ruxsatsiz kirishdan, yo'qolishdan, o'zgartirishdan yoki yo'q qilishdan himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko'radi.
4.3. FOM foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlariga ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun ishonchli autentifikatsiya va avtorizatsiya tizimlaridan foydalanadi.
4.4. Ma'lumotlar sizib chiqishi yoki xavfsizlikka tahdid aniqlangаn taqdirda FOM foydalanuvchilarni darhol xabardor etishga va keyingi ma'lumot sizib chiqishining oldini olish ham jumladan mumkin bo'lgan oqibatlarni kamaytirish maqsadida barcha choralarni ko'rishga majburiyat oladi.
4.5. FOM Resurslari orqali olingan shaxsiy ma'lumotlar xalqaro xavfsizlik standartlariga javob beradigan va ma'lumotlarni himoya qilish uchun zarur sertifikatlarga ega bulut xizmatlarida saqlanishi mumkin.
4.8. Shaxsiy ma'lumotlarni saqlash muddati tugagandan so'ng yoki foydalanuvchi ularni qayta ishlashga roziligini qaytarib olgan taqdirda, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, FOM foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini o'z ma'lumotlar bazasidan anonimlashtirish yoki o'chirib tashlash majburiyatini oladi.
4.7. FOM shaxsiy ma'lumotlarni uchinchi tomon tashkilotlariga (masalan, hamkorlar yoki davlat organlariga) uzatadigan taqdirda, bunday uchinchi shaxslar amaldagi standartlar va qonun hujjatlariga muvofiq maxfiylik va ma'lumotlar xavfsizligi shartlariga rioya etishga majburdirlar.
4.8. FOM shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha qo'llaniladigan choralarning risklarini va samaradorligini baholash uchun muntazam ravishda ichki xavfsizlik auditlarini o'tkazadi.
4.9. Shartnoma shartlarini bajarish zaruriyati tug'ilgan taqdirda FOM ma'lumotlarni qayta ishlash xizmatlarini ko'rsatish uchun uchinchi tomon kompaniyalarini jalb etishi mumkin. Bunday holda FOM ular bilan qonun hujjatlariga muvofiq shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishning barcha standartlariga rioya etilishini ta'minlaydigan shartnoma tuzish majburiyatini oladi.
4.10. FOM shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishning yuqori darajasini ta'minlash maqsadida yangi tahdidlar va texnologik o'zgarishlarni hisobga olgan holda o'zining xavfsizlik tartib-taomillarini muntazam ravishda yangilab boradi.
5. Ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatish
5.1. FOM foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini quyidagi hollarda uchinchi shaxslarga uzatish huquqiga ega:
-
Shartnoma shartlarini bajarish uchun talab etilganda;
-
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya etilgan holda davlat organlarining so'roviga binoan;
-
Ma'lumotlarni uzatish FOM Resurslarining funksionalligini yaxshilash uchun zarur bo'lganda.
5.2. Ma'lumotlar uchinchi shaxslarga uzatilgan taqdirda FOM bunday uchinchi shaxslarning ushbu Siyosat va amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ma'lumotlarni himoya qilish choralarini ko'rishini ta'minlash majburiyatini oladi.
6. Foydalanuvchining huquqlari
6.1. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
-
FOM ma'lumotlar bazasida saqlanadigan shaxsiy ma'lumotlariga kirish;
-
Shaxsiy ma'lumotlarini to'g'rilash yoki yangilash;
-
FOM Resurslaridan foydalanishni to'xtatgan taqdirda o'z ma'lumotlarini FOM ma'lumotlar bazasidan o'chirib tashlash to'g'risida so'rov yuborish.
6.2. Foydalanuvchi istalgan vaqtda FOM ning elektron pochta manziliga info@fom.group yozma ariza yuborish orqali shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga roziligini qaytarib olishi mumkin.
7. Maxfiylik siyosatiga o'zgartirishlar kiritish
7.1. FOM istalgan vaqtda ushbu Siyosat shartlarini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Barcha o'zgartirishlar FOM ning rasmiy Resurslarida e'lon qilingan paytdan kuchga kiradi.
7.2. Maxfiylik siyosatiga o'zgartirishlar kiritilgan taqdirda FOM foydalanuvchilarni FOM Resurslari orqali xabardor etadi. O'zgartirishlar kiritilgandan so'ng FOM Resurslaridan foydalanishni davom ettirish foydalanuvchining Siyosatning yangi versiyasiga roziligini bildiradi.
8. Aloqa ma'lumotlari
8.1. Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish bilan bog'liq savollar yoki so'rovlar yuzasidan foydalanuvchilar FOM bilan quyidagi manzil orqali bog'lanishlari mumkin: info@fom.group.
Kuchga kirish sanasi: 01.01.2026